Asosiy tarkibga ötiş

Internet aloqasi yöq

Tarmoq bilan aloqa uzildi yoki juda past. Iltimos, internetni tekşiring.

Kutilmoqda...
IT Creative Academy
Bilim tarmoğiga ulanmoqda
📺 Olimlar tovush to’g’ri tasvirning o’zidan chiqadigan televizorni ishlab chiqishdi. — IT Creative Academy
Postlarga qaytiş
Yangilik 17.11.2026, 15:10

📺 Olimlar tovush to’g’ri tasvirning o’zidan chiqadigan televizorni ishlab chiqishdi.

Husan Suyunov
Muallif
Katta ekranlarga xos odatiy muammo: kadrdagi odam o‘ng tomonda bo‘lsa-da, uning ovozi pastdan yoki yon tarafdagi dinamiklardan eshitiladi. KIMM (Koreya mashinasozlik va materiallar instituti) muhandislari ushbu nomutanosiblikni bartaraf etishga qaror qilishdi: ular ishlab chiqqan televizorda ovoz aynan odam gapirayotgan joyning o‘zidan chiqadi.

Panel ortida, xuddi mitti dinamiklar kabi, 80 ta vibromotor joylashgan. Ularning har biri ekranni biroz tebratadi va u ulkan membranadek ishlaydi. Tizim qaysi sohalar balandroq «chiyillashi» va qaysilari jim turishini aniq hisoblab chiqadi.



Kadrda kim gapirayotganini sun’iy intellektning o‘zi aniqlaydi. Neyrotarmoq videodagi tovush manbasini topib, uni umumiy tovushlar qorishmasidan ajratib oladi va ekranning tegishli qismiga yo‘naltiradi. Agar qahramon kadr bo‘ylab harakatlansa, ovoz ham uning ortidan ergashadi.

0 like 0 izoh

Izohlar

0

Izoh qoldiriş uçun hisobingizga kiring.

Hozirça izohlar yöq
Birinçi bölib fikr bildiring!